Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining ochilish marosimi o‘tkazildi

Bahslarda dunyoning 34 mamlakatidan 100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Kecha Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining to‘rtinchi bosqichi start oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqaning kechki dasturi davomida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikramov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Xalqaro gimnastika federatsiyasi rasmiylari va O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.
V Tashkente startoval chetvortiy etap Kubka mira po xudojestvennoy gimnastike
V Tashkente startoval chetvortiy etap Kubka mira po xudojestvennoy gimnastike
Marosimda so‘z olgan rasmiylar Toshkent an’anaviy tarzda Jahon kubogi bosqichlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib kelayotgani, bu orqali Xalqaro gimnastika federatsiyasining ishonchli hamkorlaridan biriga aylanganini ta’kidlashdi. Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismi bilan marosim davom etdi.
V Tashkente startoval chetvortiy etap Kubka mira po xudojestvennoy gimnastike
28 aprelga qadar davom etadigan bu yilgi bahslarda dunyoning 34 mamlakatidan 100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Kecha yakkalik va guruh mashqlari dasturlarida saralash bahslari o‘tkazildi. Bugundan medallar uchun bellashuvlar boshlanadi.
V Tashkente startoval chetvortiy etap Kubka mira po xudojestvennoy gimnastike