TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning MiG-29 samolyotini yo‘q qildi deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Rossiya raketa qo‘shinlari, artilleriyasi va uchuvchisiz apparatlari Ukraina Harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini baza aerodromda yo‘q qildi, deyiladi xabarda.
Shuningdek, HIMARS, Vampire, va Grad ko‘p raketali tizimlarining 8ta jangovar texnikasi, S-300PS radar zenit-raketa tizimining boshqaruv markazi, Hawk va "Osa-AKM" zenit-raketa tizimlarining ikkita jangovar mashinasi hamda Pelikan va P-18 radar stansiyalari yo‘q qilindi.
Undan tashqari, havo mudofaa kuchlari tomonidan hafta davomida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyoti, Fransiyada ishlab chiqarilgan 18 ta Hammer boshqariladigan bomba, "Tochka-U" taktik raketasi, 35 ta HIMARS , Olxa va Hurricane raketalari, shuningdek 1659 ta uchuvchisiz uchish apparatlari urib tushirildi.
Hafta davomida Rossiya Qurolli kuchlari Kiyevning energetika va harbiy sanoat obyektlariga uzoq masofadan turib 35 ta guruhli va yuqori aniqlikdagi zarbalar berildi.
Maxsus operatsiya hududida "G‘arb", "Janub", "Markaz" va "Sharq" qo‘shinlar guruhlari dushmanga qarshi hujum operatsiyalarini olib borishdi. UQK katta yo‘qotishlarga duch keldi, dushman jami 8 mingga yaqin askar yo‘qotdi (qurbonlar va yaralanganlar). Hafta davomida 15 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi taslim bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan Ukraina Qurolli kuchlari jami 593ta samolyot, 270 ta vertolot, 23 541 ta uchuvchisiz apparat, 509 ta zenit-raketa tizimi, 15 864 tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1275 ta ko‘p raketali tizimlar, 9167 ta dala artilleriya qurollari va minomotlar, shuningdek, 21336 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.