TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Kecha, 26-aprel kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov va Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin boshchilik qildi.
V Tashkente sostoyalis uzbeksko-rossiyskie mejmidovskie politkonsultatsii
© press-slujba MID Respubliki Uzbekistan
Uchrashuvda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajalarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali batafsil ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Rossiyaning xalqaro hamda mintaqaviy institutlar doirasidagi muloqotni davom ettirishi qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.