Matbuot markazi

“Made in Russia”: O‘zbekistonda Rossiya mahsulotlariga munosabat juda yaxshi

O‘zbekistonda “Rossiyada ishlab chiqarilgan” brendi ba’zan Rossiyaning o‘ziga qaraganda yuqoriroq baholanadi, deydi Pavel Buxanov.
Sputnik
O‘zbek iste’molchisi yoki o‘zbek kompaniyalari Rossiya mahsulotlariga juda ijobiy munosabatda, deydi Rossiya eksport markazining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Pavel Buxanov.
“Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida erkin savdo zonasi mavjud, ya’ni Rossiyada ishlab chiqilgan, ST-1 sertifikatiga ega barcha Rossiya tovarlari O‘zbekistonga olib kirilayotganda bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan. Bu O‘zbekistonga o‘z mahsulotlarini yetkazib berayotgan rossiyalik ishlab chiqaruvchilarimiz uchun jiddiy yordamdir. Hozir O‘zbekistonda ham erkin iqtisodiy zonalarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish katta tendensiyaga aylanib bormoqda”, - deydi Buxanov.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.