TOShKENT, 26 apr - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Ariston" va “BSH Hausgerate” ("Bosch", "Siemens") korxonalarining Rossiyadagi biznesini vaqtincha "Gazprom" boshqaruviga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. RIA Novosti xabariga asosan.
Farmonga muvofiq "Ariston Termo Rus", (Ariston Holding N.V.ga tegishli) va "BSX Bitovie Pribori" (BSH Hausgerate GmbHga tegishli) korxonalarning ustav kapitalidagi 100% ulushi vaqtincha “Gazprom maishiy tizimlar” AJ ixtiyoriga o‘tkaziladi.
Rossiya prezidentining ushbu qarori Yevropaning yirik sug‘urta kompaniyalari "Shimoliy oqim"lardagi portlashlar oqibatida "Gazprom"ga yetkazilgan zararni qoplashdan bosh tortishi fonida sodir bo‘ldi.
OAVga ma’lum bo‘lishicha, g‘arbning eng yirik hisoblangan "Lloyd’s of London" va "Arch Insurance" sug‘urta kompaniyalari "Nord Stream AG" ("Shimoliy oqim"lar operatori) kompaniyasiga quvur portlatilishi oqibatida yetkazilgan zararni to‘lashdan bosh tortmoqda. Ular aytishiga ko‘ra, "Shimoliy oqim go‘yo harbiy amaliyotlar natijasida zarar ko‘rgan".
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya BMT Xavfsizlik kengashida so‘zga chiqar ekan, "Shimoliy oqim"lardagi portlashlar borasida G‘arb davlatlari Rossiya tomonidan yuborilgan so‘rovlarning birortasiga ham javob bermaganini ta’kidladi.
Shunindek, doimiy vakil Niderlandiya, Shvetsiya va Germaniya hukumatlari ushbu teraktni surishtirish uchun hech narsa qilmaganlarini ta’kidladi.
Shunindek, doimiy vakil Niderlandiya, Shvetsiya va Germaniya hukumatlari ushbu teraktni surishtirish uchun hech narsa qilmaganlarini ta’kidladi.
Sug‘urta kompaniyalari to‘lovdan voz kechishi sababi borasida Nebenzya "Portlash sodir bo‘lgan Daniyaning Bornholm oroli yaqinida qanday qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lmoqda — bu davlatlarning o‘zlari bundan xabardormi?" deb savol qo‘ydi.
BMT Xavfsizlik kengashida so‘zga chiqqan Xitoy vakili Geng Shuang ham xalqaro hamjamiyatdan Shimoliy oqimlardagi teraktni Rossiya bilan birgalikda faol tergov qilishni da’vat etdi.