Yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston jamoasi 3 ta medalga ega chiqdi

Dubay shahrida yengil atletika bo‘yicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
BAAning Dubay shahrida yengil atletika bo‘yicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston sharafini 23 nafar atlet himoya qilmoqda.
VDubae (OAE) startoval molodojniy chempionat Azii po logkoy atletike.

“Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Dastlabki oltin medalni balandlikka sakrash dasturida Barnoxon Sayfullayeva qo‘lga kiritdi. U 1.83 metr natija bilan qit’a chempionligini rasmiylashtirdi. Ushbu dasturda qatnashgan yana bir atlet Emiliya Rudina 1.74 metr bilan bronza medaliga ega chiqdi.
Shuningdek, uch hatlab sakrash sektorida Xushnoza Shavkatova 13.33 metr bilan yana bir oltin medalni terma jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Musobaqa 27-aprelga qadar davom etadi.