Chelyabinsk viloyati va O‘zbekiston Respublikasini azaldan do‘stona munosabatlar bog‘lab turadi. Bu haqda Chelyabinsk viloyati sanoat, yangi texnologiyalar va tabiiy resurslar vazirining birinchi o‘rinbosari Mixail Knaub Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
“Biz 4-yildan beri “Innoprom”da qatnashib kelamiz. Bu safar aniq vazifalar bilan keldik. Garchi Chelyabinsk viloyatida 8 mingdan ortiq sanoat korxonalari mavjud bo‘lsa-da, hozir stendda faqat 9 ta korxona namoyish etilgan. Biroq shu 9 ta korxona ham ikki kun ichida 20 tadan ortiq yig‘ilish o‘tkazishni maqsad qilib qo‘ygan. Shu kunlarda biz ancha samarali ishladik, ko‘plab kelishuvlar va ma’lumotlarga ega bo‘ldik”, — dedi Mixail Knaub.
Uning aytishicha, uchrashuvlar turli ko‘rinishda, jumladan, B2B va hukumat organlari bilan uchrashuvlar bo‘ldi.
“Mahsulotimizni taklif qildik, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha bizga takliflar ham bo‘ldi. Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan ikkita korxonamiz O‘zbekiston hududida ishlab chiqarishini mahalliylashtirishga qiziqish bildirdi va muzokaralarnni boshlab yubordi. Bizning O‘zbekiston bilan amalga oshirilgan loyihamiz bor. Bu – “Tashent City”. Qurilishda metallurgiya mahsulotlaridan armaturamiz, minora kranlarimizdan foydalanishgan”, — deya qayd etdi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Chelyabinsk viloyatini stend shaklida taqdim etish juda qulay. Shu bilan birga, yana bir yaxshi vosita – Toshkent shahrida doimiy faoliyat yurituvchi, yil davomida ishlaydigan pavilon ham bor. U 2022-yildan beri taqdim etib kelinmoqda.
Chelyabinsk viloyatida mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni imkon qadar darajada namoyish etish va o‘zaro hamkorlik uchun bu ijobiy aloqalarning maksimal sonini topish maqsadida har 3 oyda ushbu pavilondagi korxonalar yangilab turiladi.