O‘zbekiston va YeOII

O‘zbekiston “Fuqarolik aviatsiya sanoati” texnoplatformasi ustida ishlashdan manfaatdor

YeOII sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Innopromning Toshkentda bo‘lib o‘tgan panel sessiyasida so‘zga chiqib, YeOII va kuzatuvchi davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari haqida gapirdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik hamkasblar “Fuqarolik aviatsiya sanoati” texnologik platformasi ishida ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqda YeOII sanoat va agrosanoat majmuasi vaziri Goar Barsegan Toshkentdagi "Innoprom"da ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoq doirasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha allaqachon yaratilgan vositalar Yevroosiyo texnologik platformalari misolida YeOII va kuzatuvchi davlatlar bilan integratsion hamkorlikni chuqurlashtirishga yordam beradi.
YeOII samolyotsozlik sohasida ham sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtiradi

“Biz hozir Yevroosiyo texnologik platformalarining yangi formati ustida ishlayapmiz. Shu munosabat bilan biz joriy yilning iyun oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shtab-kvartirasida a’zo davlatlar ishtirokida katta tadbir o‘tkazishni rejalashtirganmiz”, — dedi Barsegan “YeOII: sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning yangi vositalari” panel sessiyasida.

Uning fikricha, texnologik platformalar texnologiyalar transferiga urg‘u bergan holda ilmiy, texnologik va innovatsion hamkorlikda samarali tizimli vositaga aylanishi kerak.

“O‘zbekistonlik hamkasblarimiz hamkasblar “Fuqarolik aviatsiya sanoati” texnologik platformasi ishida ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda, biz bu yerda o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini ham ko‘rmoqdamiz, — dedi Barsegan.

O‘z navbatida O‘zbekiston ham kuzatuvchi davlat maqomida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Bugungi kunga qadar 14 ta texnik reglament muvofiqlashtirildi, dedi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbari Akmal Jumanazarov.
“O‘zbekistonga 5-yil ichida 67 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilish vazifasi qo‘yilgan, ulardan 48 tasi YeOII doirasida qabul qilinadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov ma’lum qilishicha, O‘zbekiston YeOIIda juda faol kuzatuvchi hisoblanadi.

“2023 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va YeOII o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $15 mlrd dan ortiqni tashkil etdi, bu 5-yil avvalgi natijalarga nisbatan 2 barobar ko‘pdir”, – dedi u.

“Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi: kun tartibidan qanday tadbirlar joy olgan?