TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Xitoy tinchlikni hurmat qiladi va hech qanday davlat bilan sovuq yoki issiq urushga kirishmoqchi emas, lekin uning suverenitetini buzish mumkin emas. Bu haqda dushanba kuni Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy harbiy kengashi raisi o‘rinbosari Chjan Yusya ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Xitoy xalqi tinchlikni hurmat qiladi va hech qanday davlat bilan sovuq yoki issiq urushga kirishmoqchi emas, ammo Xitoyning hududiy suvereniteti buzilmaydi va uning asosiy manfaatlariga qarshi turish mumkin emas", — dedi Chjan Yusya Tinch okeani g‘arbiy dengiz kuchlari simpoziumining 19-yig‘ilishining ochilish marosimida.
G‘arbiy Tinch okeani dengiz kuchlari simpoziumining o‘n to‘qqizinchi yig‘ilishi Xitoyning sharqiy Shandun provinsiyasidagi Sindao shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Xalq ozodlik armiyasi dengiz floti mezbonlik qilayotgan tadbirda Avstraliya, Fransiya, Hindiston, Indoneziya, Yaponiya, AQSh va Buyuk Britaniya kabi 29 davlatdan 180 dan ortiq yuqori darajadagi delegatsiyalar ishtirok etmoqda. Rossiya tomonidan Rossiya harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Moiseyev qatnashmoqda.