TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev fransiyalik raqibini mag‘lub etdi, deya xabar berdi Boks federatsiyasi.
Professional boksning super o‘rta vazn (-76 kg) toifasi vakili, bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining navbatdagi jangini bugun tongda o‘tkazdi.
“Fransiyalik Pyer Yuber Dibombegaga qarshi bo‘lib o‘tgan jang, 7-raundda Bektemirning qoshidagi jarohat sababli to‘xtatildi”, —deyiladi xabarda
Qayd etilishicha, 7 raunddan so‘ng hisoblangan ochkolar bo‘yicha (79-73, 79-73, 78-74) Meliqo‘ziyev raqibidan ustun keldi.
Shu tariqa sportchi o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA Inter-Continental kamarini saqlab qoldi.