TOShKENT, 20 apr — Sputnik. 18 aprel kuni Orol turizmi haftaligi doirasida Mo‘ynoqda “Orolning 99 xil taomi” festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
“Orolning 99 xil taomi” gastronomik festivalida Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri, To‘rtko‘l, Beruniy, Ellikqal’a, Qo‘ng‘irot, Bo‘zatov, Taxtako‘pir, Taxiatosh, Qorao‘zak tumanlari oshpazlari ishtirok etib, baliqdan turli taomlar tayyorlash bo‘yicha bellashishdi.
Nedelya turizma Arala
© Ministerstvo ekologii
Festival yakunlariga ko‘ra, Ellikqal’a, Bo‘zatov va Beruniy tumanlari oshpazlari sovrinli o‘rinlarni egallashdi.
Eslatib o‘tamiz, Orol turizm haftaligi doirasida Mo‘ynoqda "Aral Sea Eco Race" eko-poygasi ham bo‘lib o‘tgandi. Eko-poyganing umumiy masofasi 2 km ni tashkil etdi. Konsepsiyaga ko‘ra, poyga davomida ishtirokchilar 1 km masofaga yugurgandan so‘ng daraxt ko‘chati ekishdi.