Mirziyoyev topshirig‘i bilan Qozog‘istonga insonparvarlik yordami yuborildi

Qozog‘istonda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yuborildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Qozog‘istonda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.
Gumanitarnuyu pomosh otpravili v Kazaxstan po porucheniyu Mirziyoyeva
Gumanitarnuyu pomosh otpravili v Kazaxstan po porucheniyu Mirziyoyeva
“Insonparvarlik yordami yukini shakllantirish hamda belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, insonparvarlik yordami yukini O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qozog‘istonga yetkazib beradi.
Gumanitarnuyu pomosh otpravili v Kazaxstan po porucheniyu Mirziyoyeva
Gumanitarnuyu pomosh otpravili v Kazaxstan po porucheniyu Mirziyoyeva
15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.