Parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim — Mirziyoyev

Uchrashuvda ikki mamlakat deputatlarining muhim roli qayd etildi.
Sputnik
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19-aprel kuni Tojikiston Oliy Majlisi Namoyandagon majlisi raisi Mahmadtoir Zoir bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugun yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Predsedatelem Madjlisi namoyandagon Madjlisi Oli Tadjikistana Maxmadtoirom Zoirom
Parlamentlararo almashinuvni yanada faollashtirish, kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish uchun sohaviy qo‘mitalar va hududiy kengashlar darajasida samarali aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Qabul qilingan hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish hamda oliy darajadagi kelishuvlarning o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda ikki mamlakat deputatlarining muhim roli qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi davom etmoqda.
“Do‘stlik oqshomi”: O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari konsert tomosha qildi