TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Kelayotgan dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘irli ob-havo bo‘ladi, ayrim hududlarda sel-suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkin. Bu haqida O‘zgidromet tezkor xabar tarqatdi.
Quyidagi viloyatlarning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida 20-23 aprel kunlari sel-suv toshqini hodisalari bo‘lishi mumkin:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz, - deyiladi xabarda.
Havo harorati, respublika bo‘yicha o‘rtacha +22-29 daraja issiq, kechasi +10-17 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda kechasi +7-12, kunduzi +12-17 daraja iliq bo‘ladi.