TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida 19-aprel kuni Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosini rasman ochish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon otkrili novoe zdanie posolstva Uzbekistana v Dushanbe
Rahmon va Mirziyoyev dastlab ramziy lentani tantanali ravishda kesib, so‘ng elchixona majmuasiga tashrif buyurib, oliy martabali mehmonlar kitobiga imzo chekishdi.
So‘ngra elchixona binosining ochilishi va davlat rahbarlarining tashrifi sharafiga Tojikiston va O‘zbekiston davlat madhiyalari yangradi.
Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon otkrili novoe zdanie posolstva Uzbekistana v Dushanbe
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 22-oktabrda o‘rnatilgan.
Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi, Toshkent shahrida Tojikiston Respublikasi elchixonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon otkrili novoe zdanie posolstva Uzbekistana v Dushanbe