Ukrainaning Rossiya bilan mojarodagi mag‘lubiyatini oldindan aytish oson edi — Mask

Mask X ijtimoiy tarmog‘da e’lon qilingan xabarga javob qaytardi.
Sputnik
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Ukrainaning Rossiya Federatsiyasi bilan qurolli mojarodagi mag‘lubiyatini oldindan aytish oson edi. Bu haqda amerikalik tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Shu tariqa Mask foydalanuvchilardan birining tadbirkorga tegishli X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan xabariga javob qaytardi.
Foydalanuvchi, xususan, nufuzli "Politico" nashrining Ukrainadagi mojaroning turli bosqichlariga oid ikkita maqolasining skrinshotini joylashtirdi.
Birinchi maqolaning sarlavhasi "Ukraina g‘alaba qozonmoqda - va o‘zgarmoqda" deb nomlangan bo‘lsa, ikkinchi maqola "Ukraina mag‘lubiyatga yaqinlashmoqda" deb nomlangan. Foydalanuvchi o‘z nashriga "Hammasi qanday boshlandi va hozir qanday" izohini qoldirdi.

"Buni bashorat qilish oson edi. Aslida men buni bashorat qilgandim", — deb izoh qoldirdi Mask.

O‘sha foydalanuvchi javob postida tadbirkor Amerika ommaviy axborot vositalarida bunday aniq prognoz uchun shafqatsiz tanqidlarga uchraganidan afsusda ekanligini bildirdi.
Mojaro qancha uzoq davom etsa, Rossiya shunchalik ko‘p hududga ega bo‘ladi — Ilon Mask