FSB diversiya xavfi tufayli 600 dan ortiq SIM-bokslarni musodara qildi — video

Diversiya, soxta terrorchilik xavfi e’lon qilish, yolg‘on ma’lumotlar tarqatish, soxta akkauntlarni faollashtirish maqsadlarida foydalanilgan 600dan ortiq SIM-bokslar musodara qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Federal Xavfsizlik xizmati (FSB) mart oyida Rossiyaning 40 ta hududida qo‘poruvchilik va terrorchilik faoliyatida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan 600 dan ortiq SIM-bokslarni musodara qildi.
“FSB Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, moliyaviy hamonlar va bank hisoblari akkauntlari noqonuniy ravishda faollashtirilgan SIM-bokslar egalarining noqonuniy faoliyatiga chek qo‘ydi. Ushbu sim-kartalardan qo‘poruvchilik va terrorchilik faoliyati, shuningdek, soxta terrorchilik tahdidlari va yolg‘on axborot tarqatish uchun foydalanilgan", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2024-yil mart oyida Rossiyaning 40 ta hududida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 612 ta SIM-bokslar va 300 mingdan ortiq SIM-kartalar musodara qilingan.
Politsiya 30 nafar shaxsga nisbatan firibgarlik moddalari bo‘yicha va yana ikki nafar shaxsga nisbatan davlat xizmatlari akkauntlariga noqonuniy kirishda – kompyuter ma’lumotlariga noqonuniy kirish moddalari bo‘yicha ish ochgan.
“Hodisalar chog‘ida ukrainalik terrorchilik tashkilotlari manfaatlari yo‘lida Rossiya aloqa operatorlarining SIM-kartalarini aktivlashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatgan 1980-yilda tug‘ilgan Sankt-Peterburg shahrida yashovchi shaxs ham qo‘lga olindi”, — deyiladi xabarda.