Orban Yevropa Ittifoqi rahbariyatini "siyosiy shantaj"da aybladi

Orban: Yevropa Ittifoqi rahbarlari iste’foga chiqishi kerak, chunki ular barcha muhim loyihalarni muvaffaqiyatsizlikka uchratgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqi rahbariyatini "siyosiy shantaj"da aybladi va u barcha muhim loyihalarni barbod qilgani uchun iste’foga chiqishi kerakligini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Hozir Yevropa Ittifoqida yashil o‘tish, barqarorlik siyosati, migratsiya, sanksiyalar va harbiy siyosat kabi o‘zlari tanlagan asosiy loyihalarga ega yetakchilar bor va ularning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Yevropa Ittifoqining amaldagi rahbariyati ketishi kerak, bizga yangi rahbarlar kerak”, — dedi Orban.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Brussel qonun ustuvorligi prinsipi va shartlilik mexanizmidan “siyosiy shantaj” sifatida foydalanmoqda. Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Vengriya “migratsiya va genderga qarshi siyosat tufayli” Yevropa Ittifoqi fondlaridan pul olmasligini “aniq aytdi”.
Ukraina Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi buferga aylanadi yoki yo‘q bo‘lib ketadi — Orban