“Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi: kun tartibidan qanday tadbirlar joy olgan?

Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ishtirokchilari xalqaro, federal va mintaqaviy darajadagi sanoat kooperatsiyasining yangi jihatlari va vositalarini muhokama qilishadi.
Sputnik
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da 22-24 aprel kunlari to‘rtinchi bor “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi, deya xabar berdi ko‘rgazma tashkilotchilari.
Bu Markaziy Osiyoda savdo-sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun muhim voqeadir. Ko‘rgazma bir qator muhim muammolarni hal qilish, jumladan, eng yangi sanoat texnologiyalarini ilgari surish va korxonalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga mo‘ljallangan.
Uning ishtirokchilari – nafaqat Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari, balki Belarus, Xitoy va Turkiyaning delegatsiya va kompaniyalari xalqaro, federal va mintaqaviy darajadagi sanoat hamkorligining yangi jihatlari va vositalarini muhokama qilishadi.
“Oxirgi bir necha yil ichida Markaziy Osiyo allaqachon dunyoning turli davlatlaridan yirik investorlarni jalb qilish nuqtasiga aylangan. Mintaqaning iqtisodiy bazasi, yuqori malakali yoshlardan tortib, noyob texnologik merosigacha barqaror rivojlanish uchun qudratli boshlang‘ich maydonchasidir”, — deyiladi xabarda.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar sanoat ishlab chiqarishidagi barcha ishtirokchi davlatlarning eksport salohiyatini namoyish etadigan innovatsiyalar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
“Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida mintaqadagi sanoat hamkorligining yangi yo‘nalishlari aniqlanadi. Ko‘rgazma ishbilarmonlar, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari vakillari o‘rtasida ochiq va siyosiylashtirilmagan aloqa, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, mavjud savdo va ishlab chiqarish aloqalarini kengaytirish, yangi istiqbolli tashabbus va loyihalarni ishlab chiqish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi.
Ko‘rgazmaning ishbilarmonlik dasturi "Markaziy Osiyoda xalqaro sanoat kooperatsiyasi: sanoat va texnologik rahbarlar bilan hamkorlik" mavzusidagi bosh yalpi majlis bilan ochiladi. Unda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari – Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov, O‘zbekiston viloyatlari hokimlari va Rossiya viloyatlari gubernatorlarining ishtiroki rejalashtirilgan.
Sessiya ishtirokchilari savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, flagman loyihalar va o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishadi.
Ishbilarmonlik dasturining asosiy yo‘nalishlari: “Yashil” transport — O‘zbekiston taraqqiyotidagi so‘zsiz zamonaviy tendensiya.
Transport vazirligi va ekologiya vazirligi, "Zamonaviy transport texnologiyalari", BYD Uzbekistan Factory, RENERA va NAMI to‘plangan tajribani tahlil qilib, elektromobillar va muqobil yonilg‘i avtomobillariga sarmoya kiritish masalalarini muhokama qiladi.
Integratsiyalashgan sanoat nazorati sohasidagi raqamli yechimlar xarajatlarni kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi.
O‘zbekiston va Rossiyaning tegishli vazirliklari, MCS Holding, "ASKON", "1S", “O‘zmetkombinat”, “O‘zeltexsanoat” kompaniyalari vakillari o‘z tadqiqotlari natijalari bilan o‘rtoqlashishadi.
“Toza” energiya va yoqilg‘i-energetika majmuasida innovatsiyalar — Markaziy Osiyo uchun eng muhim strategik yo‘nalishlardan biridir. Sessiyada O‘zbekiston Energetika vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi, “Rosatom”, “O‘zbekneftgaz”, “O‘zatom”, Unigreen Energy hamda Neft va gaz texnologiyalari tashabbuslari instituti manfaatdor tomonlar ishtirok etadi.
O‘zbekistonning transport infratuzilmasini tez sur’atlar bilan “yuqorilab bormoqda”. Uning rivoji nafaqat mustahkamlashni, balki sifat jihatidan yangilashni ham talab qiladi. Shaharlar va zavodlarda transport yo‘nalishlarini avtomatlashtirishni rivojlantirish istiqbollari haqida Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, VEB.RF, GK 1520, Sinara va Positive Technologies kompaniyalari mutaxassislari so‘z yuritishadi.
Sanoat parklarining xalqaro investitsiya ekotizimini yaratish sanoat kooperatsiyasining eng tez rivojlanayotgan formati uchun istiqbolli rivojlanish vektoridir. Erishilgan hamkorlik formatlari Rossiya sanoat parklari uyushmasi, "O‘zkimosanoat", "Ximgrad", “Master” KIP, Turkiya uyushgan sanoat zonalari uyushmasi (OSBÜK), Saudiya Arabistoni iqtisodiy shaharlari va maxsus zonalari boshqarmasi rahbarlari tomonidan birlashtiriladi.
Mintaqalararo hamkorlik mavzusi “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri bo‘ladi. O‘zbekiston va Rossiya hududlari rahbarlari eng istiqbolli loyihalarni namoyish etadi, ishbilarmon doiralar vakillari va mintaqaviy ekspertlar e’lon qilingan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qiladi.
Rossiya va O‘zbekiston o‘ttiz yildan ortiq strategik iqtisodiy sheriklardir. Rossiya respublika iqtisodiyotining asosiy investorlaridan biri hisoblanadi: O‘zbekiston tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya kapital qo‘yilmalarining umumiy hajmi 13 milliard dollardan oshdi (jami investitsiyalar hajmining 21 foizi).
O‘zbekistonda 3000 dan ortiq Rossiya va qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda, Rossiyada O‘zbekiston rezidentlari ishtirokidagi 600 dan ortiq kompaniya ro‘yxatga olingan.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, hududlararo hamkorlikni o‘z ichiga olgan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan keng qamrovli iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish natijasida 2023-yilda ikki davlatning umumiy savdo hajmi 10 milliard dollardan oshdi.
Tadbirning uchinchi kunida an’anaviy "Innoprom universiteti" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya va O‘zbekistonning ixtisoslashgan universitetlari va sanoat kompaniyalari rahbariyati talabalari va yosh mutaxassislari uchun ma’ruzalar va seminarlar o‘tkaziladi. Suhbat asosiy texnologik tendensiyalar va yetakchi universitetlar va muhandislik maktablari bilan ishbilarmonlik ishlarining xususiyatlariga qaratiladi.
“Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchi sifatida bepul ro‘yxatdan o‘tish mumkin. ko‘rgazmaning rasmiy sahifasiga ishbilarmonlik dasturining barcha tadbirlari ham joylangan. shuningdek, OAV vakillari ham akkreditatsiyadan o‘tishlari mumkin.
Tadbir tashkilotchilari — O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda birinchi "Innoprom" 2021-yilda o‘tkazilgan. Ko‘rgazma maydoni ham, ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilar soni ham yil sayin ortib bormoqda. Shunday qilib, 2023-yilda o‘tkazilgan uchinchi Innopromda 35 mamlakatdan 10 mingdan ortiq biznes vakillari va 300 ta xorijiy kompaniyalar ishtirok etdi. 2022-yilda 12 mamlakatdan 2,5 ming ishtirokchi qatnashgan.