TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Toshkentda 15-aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining II forumida 50 tadan ortiq hujjat imzolandi.
Forumning yalpi majlisi yakuni bo‘yicha imzolangan hujjatlar orasida:
o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvi,
oliy va professional ta’limda o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish,
professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish va stajirovka o‘tash,
ilmiy anjumanlar, dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha kengashlar ishida ishtirok etish,
ikki davlat olimlari tomonidan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish,
birgalikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi hujjatlar bor.
O‘zbekistton Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjumanda ikki tomondan 100nafarga yaqin OTM rahbarlari, vazirlik hamda idoralar mas’ullari ishtirok etdi.
Forum o‘z ishini 16-aprel kuni Samarqand shahrida davom ettiradi.