"AvtoVAZ" utilizatsiya yig‘imini bir necha barobar oshirishni taklif qildi

Rossiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi xulosasiga ko‘ra, bunday chora xitoylik avtombil ishlab chiqaruvchilarni Rossiyada zavod ochishga undaydi.
Sputnik
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Rossiyaning "AvtoVAZ" konserni dvigateli hajmi 1 litrdan 2 litrgacha bo‘lgan avtomobillardan utilizatsiya to‘lovini hozirgi 300 ming rubldan 550 ming rublgacha, 2029-yilda esa 1 million rublgacha oshirish zarur deb hisoblaydi.
Bu haqda "AvtoVAZ" rahbari Maksim Sokolov Federatsiya Kengashidagi yig‘ilishda ma’lum qildi.

"Dvigatel bir litrdan ikki litrgacha bo‘lgan avtomobillar uchun, bizning nuqtayi nazarimizdan, uni bu yil 300 ming rubldan 550 ming rublgacha oshirish tavsiya etiladi mos ravishda, 2025-yilda 660 mingga, 2029-yilda deyarli 1 millionga yetadi”, - dedi Sokolov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday siyosat xitoylik kompaniyalarni Rossiya avtosanoati rivojiga sarmoya kiritishga, o‘z yetkazib beruvchilarini Rossiya Federatsiyasida mahalliylashtirishga va Rossiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik loyihalarini yaratishga undaydi.
"AvtoVAZ" — Rossiyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonasi, 1966-yilda Tolyatti shahrida tashkil etilgan. "Nissan", "Renault" va "Datsun" brendlari ostida hamda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda avtomobillar ishlab chiqaradi. 2023-yilda 374 000 dona avtomobil ishlab chiqargan.
“AvtoVAZ” O‘zbekistonda yiliga 30 ming dona avtomobil ishlab chiqarmoqchi – kompaniya rahbari