1991 yilda sovet modernizatsiyasi jarayoni taqqa to‘xtadi. Shu sabab Markaziy Osiyo mamlakatlarini modernizatsiya qilish tugallanmagan holda qoldi.
Bu haqda Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida o‘tkazilgan videoko‘prikda "Ma’no" Ilmiy tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan buyon turli darajadagi muvaffaqiyatlar va turli dinamika bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari modernizatsiyaning yangi bosqichida yangi modelni amalga oshirmoqda. Bu esa, birinchi navbatda, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlarini ta’minlashi kerak bo‘lgan investitsiyalardir.
Hozirgi bosqichda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari qanday sarmoyalarga muhtoj, sanoatlashtirishning sovet davridan farq qiladigan yangi modeli nimani anglatadi va O‘zbekiston respublikasining eng yirik investori kim?
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.