AQSh nima sababdan Rossiyaga qarshi kurasha olmaydi?

Makgregor: Yevropa ham, AQSh ham Rossiyaning kuchiga qarshi kurashish uchun kuchga ega emas.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Amerikaliklar shuni bilishlari kerakki, na Yevropa, na AQSh Rossiyaning harbiy qudratiga qarshi kurasha oladigan qo‘shinlarga ega. Bu haqda Pentagonning sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Yevropaliklar ham, AQSh ham Rossiyaning harbiy qudratiga qarshi kurashadigan quruqlikdagi kuchlariga ega emas. Amerikaliklar buni tushunishlari kerak", — deb yozadi u.
Avvalroq Makgregor Qo‘shma Shtatlarni siyosiy ta’sirini kengaytirish uchun "xorijiy davlatlarga bostirib kirishni" to‘xtatishga chaqirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar xalqlarni o‘zlariga o‘xshatishga majburlash harakatlarini bas qilishi kerak.
U, shuningdek, Vashingtonning Ukraina masalasida Moskva bilan muzokara qilishdan bosh tortishi Ukraina xalqini yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishini va uning Ukrainadagi strategik muvaffaqiyatsizligi allaqachon Yevropada Rossiyaga nisbatan muvozanatni keskin buzganini aytdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri Kiyevga”. AQShda Ukrainadagi favqulodda vaziyat bo‘yicha ogohlantirish berildi