TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Bugun, 14-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Jeenbek Kulubayev “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.
“Hech shubhasiz, ikki tomonlama aloqalarimiz barcha yo‘nalishlarda misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda mintaqaviy yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini namoyon etayotgan Markaziy Osiyoning har qachongidan ham ko‘proq namuna bo‘layotganini ta’kidladik”, - deb yozadi Saidov.
Ministr inostrannix del Uzbekistana provel vstrechu s ministrom inostrannix del Kirgizstana
© Glava MID Uzbekistana Baxtiyor Saidov
Xabarga ko‘ra, bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Ertaga, 15-aprel kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi o‘tkaziladi.