TOShKENT, 14 apr – Sputnik. Belarusning Gomel viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Ivan Krupko boshchiligidagi rasmiy va ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya joriy yil 18-21 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘ladi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Farg‘ona viloyati hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, rasmiy uchrashuvlar doirasida Farg‘ona va Gomel viloyatlari rahbarlarining tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Farg‘ona viloyati hamda Gomel viloyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha bitim imzolanadi. Shuningdek, "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasi hamda "Gomel-Raton" erkin iqtisodiy zonasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolanishi rejalashtirilgan.
Belarus delegatsiyasi uchun tashrif kunlari Farg‘ona shahrida viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Farg‘ona va Gomel viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida V2V shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha kelishuv va shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan.