TOShKENT, 13 apr – Sputnik. Kecha, 12-aprel kuni Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari hamda MDH doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, siyosiy, ta’lim, sport, kadrlar salohiyatini oshirish va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.
V Minske proveli vstrechu ministrov inostrannix del v formate "Sentralnaya Aziya + Rossiya"
Bir ovozdan Ozarbayjonning Ganja va Qozog‘istonning Olmaota shaharlarini mos ravishda 2025 va 2026-yillar uchun MDHning sport poytaxtlari deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, Minsk shahrida “Markaziy Osiyo + Rossiya” shaklidagi Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya TIV delegatsiyalari birgalikda ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga doir takliflarni ko‘rib chiqdi.
Qayd etilishicha, "Yashil" energiya, suv tanqisligi va ekologik chaqiriqlar borgan sari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.