Yulduzlar xaritasi, qora tuynuklar va kometalar: Siz Toshkent planetariysida bo‘lganmisiz?

Planetariyga tashrif buyuruvchilarga slayd-shou ko‘rinishida qora tuynuklar, meteoritlar, shimoliy yorug‘lik, kometalar va yulduzlar haqida ma’lumot beriladi.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Siz Toshkent planetariysi haqida nimalarni bilasiz? Kosmonavtika kuni arafasida Sputnik muxbiri planetariyga tashrif buyurib, u yerdagi bolalar uchun taklif qilinayotgan dasturlar bilan tanishdi.
Toshkent planetariyining yangi binosi 2003-yilda ochilgan edi. U Toshkentning ushbu hududidagi qadimiy binolar fonida alohida ajralib turadi. Binoning asosi gumbaz bilan qoplangan, O‘zbekiston me’morchilik an’analari asosida yaratilgan: binoning kubik asosi yer ramzi, ko‘k gumbazi esa osmon tasviridir. Devorlar osmon jismlari - yulduzlar va sayyoralar tasvirlari bilan bezatilgan.
Toshkent planetariysi maktab yoshidagi bolalar orasida ilm-fanni ommalashtirishga qaratilgan. Muntazam ravishda yulduzli osmon haqida ma’ruzalar bilan ekskursiyalar o‘tkaziladi, boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar uchun turli dasturlar, ma’ruzalar va mashg‘ulotlar o‘yin shaklida o‘tkaziladi.
Bino ichida ko‘rgazma zallari va zamonaviy uskunalar yordamida yulduzli osmon va kosmosning mo‘’jizalarini ko‘rsatadigan seanslar mavjud. Tashrif buyuruvchilarga slayd-shou ko‘rinishida qora tuynuklar, meteoritlar, shimoliy yorug‘lik, kometalar va yulduzlar haqida ma’lumot beriladi.
Batafsil videolavhamizda tanishing.