YeOII Eron bilan erkin savdo kelishuvi asosida hamkorlik qiladi

YeIK Eron va YeOII orasida erkin savdo kelishuvini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasini tasdiqladi.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. YeOII davoatlari Eron tadbirkorlari bilan Erkin savdo kelishuvi doirasida hamkorlikni davom ettiradi, deb xabar qilmoqda YeIK.
YeIK Kengashi YeOII va Eron o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasini tasdiqladi. Endi tomonlarning ishbilarmon doiralari yanada chuqurroq hamkorlik qilishlari mumkin bo‘ladi.
“Eronning navbatdagi Yevroosiyo iqtisodiy forumida hamkor sifatida ishtirok etishi masalasi ishlab chiqiladi. Yig‘ilish doirasida “YeOII – Eron” biznes-muloqotini tashkil etish va o‘tkazish rejalashtirilgan”, — dedi YeIH savdo vaziri Andrey Slepnev.
Shu maqsadda YeOII Ishbilarmonlar kengashi va Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi o‘rtasidagi amaldagi hamkorlik memorandumiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi yoki yangi hujjat tuziladi.
Ushbu platforma doirasidagi tadbirlar YeOII va Eron qo‘shma qo‘mitasi tomonidan tanlangan biznes hamjamiyatlarining takliflaridan iborat bo‘lgan qo‘shma harakatlar rejasiga muvofiq sanoat o‘zaro hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlarida amalga oshiriladi.