Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukrainaning energetika obyektlariga zarba berdi

Rossiya o‘z fuqarolik obyektlariga zarbalarga javoban Ukrainaning bir necha shaharlaridagi energetika va harbiy ahamiyatli obyektlarga raketa zarbasi berdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 apr – Sputnik. O‘tgan tunda Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning energetika obyektlari va UQK kuchlari joylashgan manzillarga raketa hujumi uyushtirdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Xususan, Kiyev viloyatidagi Tripoli IESda tungi zarbalardan so‘ng kuchli yong‘in kelib chiqdi. Hatto uning atrofidagi yo‘llarda avtomobil harakati cheklandi. Ma’lumot uchun, bu Kiyev viloyatidagi eng yirik energetika obyekti.
Undan tashqari, Jitomir shahri chekkasida ham juda kuchli portlash eshitildi.
Yana bir zarba Zaporojye viloyatining Kiyev nazorati ostidagi Ukraina qurolli kuchlari joylashgan qismida qayd etilgan. Zarba UQK Rabotinoga o‘tkazishni rejalashtirgan tuzilmalarga berilgan.
Xerson temir yo‘l vokzali hududida juda havo zarbasi oqibatida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Ayni damda vokzal atrofi o‘rab olingan.
Lvov chekkasidagi Ukraina kazarmalariga ham zarba berilgan. U yerga ko‘plab tez yordam mashinalari yetib kelgan. Ma’lumki, Lvov viloyatiga beshta raketa yetib kelgan, ulardan biri issiqlik elektr stansiyasiga, qolganlari esa, katta ehtimol bilan, Ukraina Qurolli kuchlari joylashgan joylarga tekkan.
️Xarkov viloyatining Esxar qishlog‘ida joylashgan 2-IES va 2-GRESga sakkizta raketa kelib tushgan. Ularning ikkalasi ham hozir ishlamayapti.
Yana bir zarba Ivano-Frankovsk viloyatidagi Burshtin shahriga berildi, u yerda ushbu va qo‘shni viloyatlarni ta’minlaydigan issiqlik elektr stansiyasi joylashgan.
Ukrainaning Rossiya fuqarolik nishonlariga hujumlariga javoban Rossiya harbiylari muntazam ravishda Ukraina infratuzilmasiga: energetika obyektlari, mudofaa sanoati, harbiy qo‘mondonlik va kommunikatsiyalarga hujumlar amalga oshirmoqda.