TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Rossiya butun NATOga qaraganda uch barobar ko‘p artilleriya snaradlarini ishlab chiqaradi, dedi alyansning Yevropadagi qo‘shma kuchlari qo‘mondoni general Kristofer Kavoli AQSh Kongressidagi tinglovda.
"Rossiya armiyasi jang maydonida tez orada artilleriya o‘q-dorilari bo‘yicha Ukraina Qurolli kuchlaridan 10 baravar ustunlikka ega bo‘ladi", - dedi Kavoli.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyat bir necha hafta ichida yuzaga kelishi mumkin va "Qayta o‘t ocha olmagan tomon mag‘lub bo‘ladi. AQSh qo‘shimcha yordamisiz Ukrainada snaradlar va havo hujumidan mudofaa tizimlari tugaydi”, — dedi u.
Qo‘mondon, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan ziddiyatni istamasligini aytdi.
Qo‘mondon, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan ziddiyatni istamasligini aytdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va NATO mojaroda bevosita ishtirok etmoqda, jumladan, nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi.