"Angara" ilk bor Vostochniydan uchirildi — video va animatsiya

Rossiya kelajakda Angara yordamida orbital stansiya modullari orbitaga olib chiqishni rejalashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Rossiyaning Amur viloyatida joylashgan Vostochniy kosmodromidan birinchi marta "Angara-A5" og‘ir toifali raketa uchirildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Uchirish Moskva vaqti bilan 12:00 da malga oshirildi. Raketa parvozining dastlabki bosqichlari muvaffaqiyatli o‘tdi. Buni Roskosmos taqdim etgan video va animatsiyadan kuzatish mumkin. Endi u sinov yukini orbitaga yetkazib berishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, "Angara-A5"ning dastlabki parvozi 9-aprel kuni rejalashtirilgan edi. Lekin 9-aprel va 10-aprel kunlari uning parvozi ikki marotaba qoldirildi.
Vostochniy kosmodromida "Angara" uchun infratuzilmasi 2018-yildan beri qurilmoqda. Bundan oldin ushbu toifa raketalar "Angara-A1", A2, A5 Plesesk kosmodromidan uchirilgan edi. Rossiya kelajakda "Angara" yordamida orbital stansiya modullari orbitaga olib chiqishni rejalashtirmoqda.