TOShKENT, 10 apr — Spunik. BRIKS mamlakatlari delegatsiyalari 16-17 aprel kunlari Moskvada yig‘ilib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi xavfsizlikni muhokama qiladi, dedi Rossiya TIV.
“Biz kelasi hafta 16-17 aprel kunlari Moskvada BRIKSga a’zo davlatlar delegatsiyalari bilan uchrashamiz, muhim qarorlar tayyorlanmoqda, natijalar yaxshi bo‘ladi”, - dedi TIV xalqaro axborot xavfsizligi departamenti direktori Artur Lyukmanov.
“Delegatsiyalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda xavfsizlik kun tartibini muhokama qilish uchun yig‘ilmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi diplomat.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda BRIKSda raislik navbati Rossiyaga o‘tgan. Rossiya hukumati ushbu yil davomida muhim tashabbuslarni tatbiq etishni rejalantirayotganini oldin ham ma’lum qilgan edi. Ana shunday tashabbuslardan biri — BRIKS davlatlari Markaziy banklari orasida orasida o‘zaro hisob kitoblarda raqamli valyutalardan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish va tatbiq etish.