TOShKENT, 10 apr – Sputnik. AQSh Isroil taklifi bilan Turkiyaga qarshi sanksiyalarga rozi bo‘lmaydi, dedi Istanbul don, dukkakli, yog‘li o‘simliklar va mahsulotlar eksport qiluvchilar uyushmasi rahbari Kazim Tayji RIA Novosti agentligiga.
"Qo‘shma Shtatlar Tel-Aviv taklifi bilan Anqaraga qarshi qandaydir sanksiyalar qo‘llashi ham kutilmaydi. AQSh Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun allaqachon dunyoda qiyin ahvolda. Turkiya mintaqada AQShning muhim ittifoqchisi hisoblanadi. Turkiyaga qarshi sanksiyalarga — bu Qo‘shma Shtatlar manfaatlariga zid bo‘lishi mumkin. Menimcha, AQSh bunday yo‘l tutmaydi", - dedi u.
Shuningdek, uning xulosasiga ko‘ra, Turkiya ham Isroil ham boshqa davlatlardan oziq-ovqat import qilish imkoniga ega.
“Isroil boshqa davlatlardan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatiga ega, Turkiyaning cheklovlari ular uchun muammo tug‘dirmaydi. Bilishimcha, harbiy amaliyot boshlanganidan keyin ayrim turk kompaniyalari darhol eksportni to‘xtatgan edi. Menimcha, “Oziq-ovqat masalasida na ular (Isroil), na biz (Turkiya) muammoga duch kelmaymiz”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kas mamlakat AQShdan Turkiya iqtisodiyotiga sarmoya kiritishni to‘xtatishni va sanksiyalar joriy etishni so‘rashini aytgandi.
Bu Turkiya Savdo vazirligining G‘azo sektorida davom etayotgan operatsiya tufayli Isroilga 54 ta mahsulot eksportini cheklash haqidagi qaroriga javob bo‘ldi. Aviatsiya yoqilg‘isi, motor va mineral moylar, turli stanoklar, shuningdek, sement, marmar kabi tovarlar shular jumlasidandir.