Umumiy energiya resurslari bozori YeOII davlatlariga nima beradi?

YeOII umumiy energiya bozorlari — energetika xavfsizligini oshirish uchun xizmat qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. YeOII umumiy energiya bozori Yevroosiyo makonida energetika sohasidagi asosiy muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun katta imkoniyatlarga ega, dedi YeIK Energetika departamenti direktori Vadim Zakrevskiy Qozonda bo‘lib o‘tgan xalqaro Energetika forumida.
YeOII energetika ta’minotida asosiysi - maqbul narxlarda ishonchli ta’minot tizimini yaratish.
“Ittifoqnining umumiy eneregiya bozorlarini shakllantirishda asosiysi — energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash xavfsizligi va ularga bo‘lgan ichki ehtiyojlarni arzon narxlarda qondirish imkoniyatidir”, — dedi Zakrevskiy.
Forum ishtirokchilari shuningdek, YeOII elektr ta’minoti va neft-gaz sohasining 2023-yilgi asosiy ko‘rsatgichlari va umumiy energetika bozori shakllantirish jarayoni bilan tanishib chiqishdi.
Zakrevskiy bugungi kunda Ittifoqning umumiy energiya bozori yuqori darajada tayyorligini ta’kidladi.
U, shuningdek, energiya resurslari narxlari shaffof va hech kimni diskriminatsiya qilmagan holda shakllanishi kerakligini, barcha davlat xo‘jalik subyektlari uchun baravar sharoitlar yaratish zarurligini ta’kidladi. Ittifoqning umumiy gaz bozorini shakllantirishdan asosiy maqsad ham ana shundan iborat ekanini aytib o‘tdi.

YeOIIda umumiy bozorlarning ishga tushirilishi — bu sezilarli oldinga tashlangan qadam bo‘ladi. Xo‘jalik subyektlariga ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama asosda erkin (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) shartnomalar va birja bitimlarini tuzish imkkonini beradi.

YeOII umumiy energiya resurslari bozorlari — yoqilg‘i-energetika majmualari imkoniyatlaridan keng foydalanish, YeOII davlatlari energetika xavfsizligini oshirish uchun xizmat qiladi, deb hisoblaydi Vadim Zakrevskiy.