TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Buyuk davlat arbobi Amir Temur tavallud kuni arafasida Sputnik muxbiri Toshkentdagi Temuriylar muzeyiga borib, u yerdagi eng nodir eksponatlari bilan tanishdi.
Bu yerda Amir Temur va temuriylar davriga oid turli qurol namunalari, kiyim-kechaklar, ro‘zg‘or buyumlari, qo‘lozma va kitoblar saqlanadi.
Muzey xodimasining so‘zlariga ko‘ra, u tashkil etilgan vaqtda eksponatlar soni 700ta bo‘lgan bo‘lsa, bugunni kunda muzey fondi 7500 ta buyumlardan iborat.