Toshkent metrosi uchun yana ikkita yangi poyezd olib kelindi

Stolichniy metropoliten poluchil yeshe dva novix sostava
Poyezdlar texnik sinovdan keyin yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Toshkent metrosiga yana to‘rt vagonli ikkita yangi metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda poytaxt metropoliteni matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu harakat tarkiblari belgilan yo‘riqnomaga asosan 8-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkaziladi. Keyin yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.
Eslatamiz, 25-fevral kuni poytaxtga Rossiyadan to‘rt vagonli yangi 3 ta zamonaviy metro harakat tarkiblari olib kelingan edi. 2024-yil may oyida yana 3 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan. Bu rejaviy ishlar natijasida metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan.
Rossiyadan keltirilgan metro poyezdlari qanday qulayliklarga ega?
Rossiyadan keltirilgan metro poyezdlari qanday qulayliklarga ega?