TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Ramazon hayiti va qo‘shimcha dam olish kunlarida Toshkentda avtobuslar dam olish kuni jadvali bo‘yicha ishlaydi.
"Toshshahartransxizmat" AJ xabariga ko‘ra:
10 aprel, chorshanba Ramazon hayiti kuni — yakshanba jadvali asosida, yo‘nalishlarda ish boshlash vaqti soat 4:00 dan;
11 aprel, payshanba qo‘shimcha dam olish kuni — yakshanba jadvali asosida;
12 aprel, juma qo‘shimcha dam olish kuni — yakshanba jadvali asosida;
13 aprel, shanba – ish kuni — ish kunlari jadvali asosida;
14 aprel, yakshanba – dam olish kuni — yakshanba jadvali asosida.
Bayram kunlari "Toshshahartransxizmat" AJga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining jadvali bilan batafsil quyida tanishish mumkin.