O‘zbekistonlik velopoygachilar xalqaro turnirda 2 ta oltin medal qo‘lga kiritdi

Nafosat Koziyeva ochkolar poygasi, Margarita Misurina esa sprint dasturida tengsiz bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Velotrek bo‘yicha “Tashkent City Women Professional Cycling Team” jamoasi Shveysariyadagi “Lifeʻs An Omnium Madison” musobaqasida ishtirok etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekistonlik sportchilar ushbu turnirda 2 ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Shiddatli ruhda kechgan bellashuvlarda Nafosat Koziyeva ochkolar poygasi, Margarita Misurina esa sprint dasturida tengsiz bo‘ldi.
Ochkolar poygasi:
1. Nafosat Koziyeva (O‘zbekiston);
2. Martina Alzini (Italiya);
3. Valentina Zanzi (Italiya).
Sprint:
1. Margarita Misurina (O‘zbekiston);
2. Alina Zeys (Shveysariya);
3. Ori Bash (Isroil).