TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining sanoat siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Nikolay Rogojnik Moskva iqtisodiy forumining “YeOII – umumiy kelajakni mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar” sessiyasida ishtirok etdi. Bu haqda YeIK saytida xabar berildi.
Sessiya doirasida Nikolay Rogojnik Rossiya va Belarus savdo-sanoat palatalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Tomonlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida hamkorlik va import o‘rnini bosishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va vositalarini joriy etishni muhokama qildilar.
YeIK maydonida faoliyat yurituvchi ustuvor va yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlarida hamkorlik va import o‘rnini bosish bo‘yicha komissiya ishi doirasida import o‘rnini bosuvchi kooperativ ishlab chiqarish zanjirlarini barpo etishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratildi.