TOShKENT, 5 apr – Sputnik. Chaqiruv belgisi "Burxat" bo‘lgan yoqutistonlik harbiy xizmatchi, oddiy askar Rodimir Maksimov Ukraina Qurolli kuchlarining Novomixaylovka hududidagi tayanch nuqtasini qo‘lga olish va ushlab turish vaqtida 27 nafar ukrainalik askarni yo‘q qildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
"Maksimov dushmanni aylanib o‘tib, unga hujum qilishga muvaffaq bo‘ldi. UQKning 3 nafar askarini yo‘q qilib, dushman pozitsiyasini egallab oldi va keyinchalik uni asosiy kuchlar yetib kelguniga qadar himoya qilib turdi", - deyiladi xabarda.
Maksimov olgan jarohatlarga qaramay, bir necha kun davomida o‘z vazifasini bajarishda davom etgan. Rossiya askarlari ukrain pozitsiyalarini egallab olgandan so‘ng, UQK qarshi hujumga o‘tishga harakat qildi.
Bir necha kun davomida UQKning yana uchta urinishini bartaraf etdi. Jumladan Amerikaning MaxPro bronetransportori yordamida ham. Maksimov BTRdan tushib kelayotgan bir guruh jangarilarni avtomatdan o‘qqa tutgan. U dastlab dushmanni yaqin kelishga qo‘yib berdi va Kalashnikov avtomatidan hujum guruhini yo‘q qildi.
Ko‘rsatgan jasorati uchun qo‘mondonlik Maksimovni davlat mukofotiga tavsiya etgan.