Hayit munosabati bilan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratiladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
2024 yilning 10, 11, 12, 13-aprel kunlari 775/776-sonli Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi
Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olish mumkin.