TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev “Xiva gilamlari” kombinatiga tashrif buyurishdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev posetili kovroviy kombinat "Xiva gilamlari".
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2020 yilda tashkil etilgan qiymati 24 million dollarlik ushbu korxona yiliga 4,2 million kvadrat metr gilam va gilam mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Mahsulotlar AQSh, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
Kombinatda Germaniya, Belgiya, Avstriya, Shveysariya, Italiya, Fransiya va Turkiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. 750 nafar ishchi mehnat qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev posetili kovroviy kombinat "Xiva gilamlari".
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezidentlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va shourumi bilan tanishdilar, kombinat hududida tashkil etilgan "Made in Uzbekistan" brendi ostidagi mahsulotlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdilar.
Mas’ul vazirlik va idoralarga o‘zaro tajriba almashish, kooperatsiya va savdoni rivojlantirishga ko‘rsatma berildi.
Eslatamiz, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.