TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, suhbat davomida axborot sohasi va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamkorlik qilish, shuningdek, ushbu masalalarda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlarni birgalikda o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.
Mixail Shvidkoy, shuningdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan ham uchrashdi.
“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklik kun tartibining bir qancha yo‘nalishlari yuzasidan samimiy suhbatlashdik. Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdik”, - deb yozadi Saidov.
Vstretitsya so Spetsialnim predstavitelem Prezidenta Rossii po mejdunarodnomu kulturnomu sotrudnichestvu E.P. Mixailom Shvidkim
© Press-slujba MID Uzbekistana