TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Ukraina tomonidan Belgorodga hujum qilgan RDK* diversantlar guruhining birinchi tibbiy yordam to‘plamlarida psixostimulyatorlar va hayvonlar uchun mo‘ljallangan og‘riq qoldiruvchi dorilar topildi, deb xabar qilmoqda RT nashri.
"️Ukrainalik shifokorlarning birinchi tibbiy yordam to‘plamida ko‘p miqdorda antibiotiklar va og‘riq qoldiruvchi vositalardan tashqari psixofaol va giyohvand moddalar topildi - atropin va ketamin. Bu dorilar, shuningdek, hayvonlarda og‘riqni yo‘qotish uchun ishlatiladi.
️Birinchisi ko‘pincha og‘riqqa sezuvchanlikni pasaytirish uchun, shuningdek, kimoviy zaharlanishga qarshi vosita sifatida ishlatiladi, ikkinchisi, jangovar sharoitlarda, depressiyani bostiruvchi sifatida ishlaydi. Qo‘rquv hissi bilan kurashadi va ayni paytda kuchli og‘riq qoldiruvchi vosita hisoblanadi.
Barcha dorilar yangi ishlab chiqarish sanalariga ega - 2023 va 2024-yillar va ular asosan Polshada ishlab chiqarilgan.
Ukrainalik harbiy psixolog va shifokor Igor Xolodilo ️15 yanvar kuni "The Economist" nashriga bergan intervyusida ketamindan foydalanishni birinchidan "askarlarning jangovar fazilatlarini yaxshilash", "depressiyadan xalos qilish uchun" degan, ikkinchidan esa, "ularni ehtimoliy o‘limga tayyorlash marosimi" deb ham atagan edi.
* Rossiya taqiqlangan terrorchi guruh