TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining bir qator xodimlari Mariinskiy teatrida (Rossiya) amaliyot o‘tamoqda. Bu haqda teatrning Telegram kanalida xabar berildi.
Xabarga ko‘ra, ular orasida balet solistlari, dirijorlar, grim ustalari bor.
“Bunday amaliyot xodimlarning kasbiy tajribasini boyitish uchun ajoyib imkoniyat hamda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirishdagi muhim qadamdir”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ushbu amaliyot teatrlar o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida o‘tkazilib, madaniyat muassasalari o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik va ijodiy almashinuvning boshlanishi hisoblanadi.