Mirziyoyev Yangi Toshkent hududida binolar qurilishiga start berdi

Davlat rahbari majmualarning imkoniyatlari va ahamiyati haqida gapirdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent hududida bir qator obyektlar qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Bundan bir yil avval, 18-mart kuni Yangi Toshkent shahrining qurilishiga tamal toshi qo‘yilgan edi. Bunyodkorlik ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash va direksiya tuzilib, loyihalashtirish olib borildi. 2024-yil 3-aprel kuni, muqaddas Ramazon oyida bu yerda ilk inshootlar qurilishini boshlash marosimi bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii zapuska stroitelstva rada obyektov na territorii Novogo Tashkenta
Tadbirda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, bu tarixiy voqea ekanini ta’kidladi.
“Bugun “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetining kampuslari, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi, ijod maktabi hamda Milliy maqom markaziga tamal toshi qo‘yamiz. Yangi shahar qurilishi ilm-fan, ma’naviyat maskanlaridan boshlanayotgani bejiz emas. Bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi”, – dedi davlat rahbari.
Toshkent davlat pedagogika universitetining yangi kampusi 20 ming talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari, 5 ming o‘rinli yotoqxona, 300 o‘rinli bog‘cha, 616 o‘rinli maktab, 588 o‘rinli akademik litsey, zamonaviy sport kompleksi, madaniyat saroyi, amfiteatr va boshqa obyektlarni o‘z ichiga oladi. Yuqori reytingli xorijiy oliygohlar tajribasi asosida “bog‘cha – maktab – universitet” yaxlitligidagi innovatsion pedagogik klaster tashkil etiladi.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti O‘zbekistondagi eng nufuzli oliygoh bo‘lib, unda muhandislik, boshqaruv, axborot texnologiyalari, agrotexnologiyalar, gumanitar va tabiiy fanlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Shaharda mazkur universitet uchun ham zamonaviy kampus quriladi. Xususan, bu yerda 10 ming talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari, 1 ming 150 o‘rinli oshxona, kutubxona va ixcham muzey, sport majmuasi, olimpiya suzish havzasi barpo etiladi. Shuningdek, talabalar uchun 2 ming o‘rinli yotoqxona, professor-o‘qituvchilarga 286 o‘rinli turar joy qurib beriladi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi uchun yangi majmuada kutubxona fondida saqlanayotgan 10 milliondan ortiq adabiyotlarni munosib saqlash va bir paytning o‘zida 1 ming 420 nafar kitobxonga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Uning umumiy maydoni 30 ming kvadratmetrni tashkil qiladi.
Shuningdek, Yangi Toshkentda xalqaro talablar asosida Milliy teatrning muhtasham binosi barpo etiladi. Unda san’atkorlar uchun ham, tomoshabinlar uchun ham har jihatdan qulay sharoitlar yaratiladi. Kelgusida u O‘zbekistondagi barcha teatrlar uchun o‘ziga xos ijodiy laboratoriya vazifasini bajaradi.
Shaharda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, ijod maktabi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini jamlagan o‘ziga xos ma’naviyat majmuasi ham qad rostlaydi.
Davlat rahbari bu majmualarning imkoniyatlari va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii zapuska stroitelstva rada obyektov na territorii Novogo Tashkenta
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii zapuska stroitelstva rada obyektov na territorii Novogo Tashkenta
“Bugun poydevori qo‘yilayotgan maskanlar ko‘p yillar xalqimiz ma’naviyatini boyitish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi. Yangi Toshkent shahrining nafaqat yurtimiz, balki mintaqamizda ham chinakam ilm-ma’rifat va madaniyat markaziga aylanishiga katta hissa qo‘shadi, deb ishonaman”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii zapuska stroitelstva rada obyektov na territorii Novogo Tashkenta
Prezident ramziy tugmani bosib, binolar qurilishini boshlab berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii zapuska stroitelstva rada obyektov na territorii Novogo Tashkenta