Bu yer turistik markazga aylanishi kerak — Mirziyoyev Gulbozor mahallasiga bordi

Davlat rahbari mahalladagi sumalak saylida ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 3-aprel kuni, poytaxtning Shayxontohur tumanidagi Gulbozor mahallasida bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident tashrif buyurgan ko‘cha Shayxontohur tumanida tashkil etilayotgan “turizm halqasi”ning bir qismi bo‘ladi.
Arka maxalli Gulbozor v Shayxantaxurskom rayone Tashkenta
Mahalla ahli davlat rahbariga hududdagi o‘zgarishlar, odamlar hayoti haqida so‘zlab berdi. Ta’kidlanishicha, bu yerda 2 ming 670 nafar aholi yashaydi. Savdo, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish rivojlangani natijasida mahalla ishsizlikdan holi hududga aylangan. “Xavfsiz hudud” tizimi joriy etilgan. Bu loyiha amalga oshirilganidan so‘ng barcha xonadonning daromad topish imkoniyati ancha oshgani qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprelya posetil maxallyu Gulbozor v Shayxantaxurskom rayone stolisi
Prezident milliy kiyimlar va amaliy san’at mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi, ularni tayyorlayotgan hunarmand xotin-qizlar bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari mahalladagi sumalak saylida ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev ishtirok etayotganlarni muborak Ramazon kunlari bilan tabriklab, ezgu tilaklar izhor etdi. O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilab duolar qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprelya posetil maxallyu Gulbozor v Shayxantaxurskom rayone stolisi
Mutasaddilarga “turizm halqasi”ni davom ettirib, sohada bandlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
“Zamonaviy majmualar hamma joyda bor. Biz xorijiy sayyohlarni buyuk tariximiz bilan ko‘proq jalb etishimiz mumkin. Shuning uchun bu yer kechayu kunduz faoliyat yuritadigan turistik markazga aylanishi kerak. Bunday etnografik maskanlarni ko‘paytirish, milliy qadriyatlarimizni namoyish etish, turli festivallar o‘tkazish zarur”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprelya posetil maxallyu Gulbozor v Shayxantaxurskom rayone stolisi
Joriy yil 12-yanvarda O‘zbekiston prezidentining “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq, turizm maskanlarini ko‘paytirish, hududlarni o‘zaro bog‘lovchi turizm xizmatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Buning ijrosi Gulbozor misolida ham aks etmoqda.
Mirziyoyev Yangi Toshkent hududida binolar qurilishiga start berdi