TOShKENT, 3 apr — Sputnik. 3-aprel kuni ertalab Tayvanning sharqiy sohillari yaqinida bir qator kuchli zilzilalar yuz berdi.
Yaponiya bosh meteorologiya agentligining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan eng kuchlisining magnitudasi 7,7 ni tashkil etgan. Keyin 6,6 va 6,3 magnitudali zilzilalar sodir bo‘lgan.
Shundan so‘ng, orolda magnitudasi 4 dan baland bo‘lgan 11 dan ortiq silkinishlar sodir bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tayvandagi zilzila qurbonlari soni to‘rt nafarga, jarohatlanganlar 711 kishiga yetdi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Xualyan uyezdida silkinishlar orolning boshqa hududlariga qaraganda tez-tez sodir bo‘ladi, 2018-yilning fevral oyida 6,5 magnitudali vayronkor zilzila 16 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va 285 kishi jarohat olgan.