TOShKENT, 3 apr — Sputnik. "LUKOYL" bilan hamkorlikda mutaxassislarni tayyorlash va ishga joylashtirish borasida kelishib olindi, deb xabar qildi Bandlik vazirligi.
"Bugun O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Rossiya Federatsiyasi hududidagi "LUKOYL" guruhi tashkilotlarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilish to‘g‘risida yo‘l xaritasi va bitim imzolandi", - deyiladi xabarda.
Hujjatlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda "LUKOYL" vakillari tomonidan imzolandi.
Rossiyada ishlash uchun nomzodlar malakasi, ish tajribasi va rus tilini bilishi, tibbiy va mehnat faoliyatiga qo‘yiladigan boshqa talablar inobatga olingan holda tanlanadi.
Kasbiy ko‘nikmalarni mustahkam egallagan fuqarolar xavfsiz va tashkillashtirilgan tartibda Rossiya Federatsiyasiga yuboriladi. Rossiyada mehnat qilayotgan fuqarolarga tibbiy, ijtimoiy, huquqiy masalalarda ko‘mak berishga kelishib olindi.
"LUKOYL" va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh mutaxassislarni yuborish bo‘yicha o‘z faoliyatni muvofiqlashtiradi.
"LUKOYL" va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh mutaxassislarni yuborish bo‘yicha o‘z faoliyatni muvofiqlashtiradi.