Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Uch baravar ko‘p”. G‘arbda maxsus harbiy operatsiya zonasida nimalar bo‘layotgani oshkor qilindi

Joriy yil boshidan beri Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari doimiy ravishda o‘sib bormoqda, deydi ekspert.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari yil boshidan buyon uch baravar ko‘paydi, deydi britaniyalik ekspert Aleksandr Merkuris o‘zining YouTube'dagi kanalida.
“Joriy yil boshidan beri Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari doimiy ravishda o‘sib bormoqda. <…> Bu yil vaziyat uch baravar yomonlashdi, mart oyida esa yanada dahshatliroq bo‘ldi”, - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 2023-yilda Artyomovsk uchun jang paytidagidan ko‘ra ko‘proq ukrainalik askar jang maydonida halok bo‘lmoqda.
Merkuris, shuningdek, Vladimir Zelenskiy aytgan Ukraina Qurolli kuchlarining butun mojaro davomida halok bo‘lgan askarlari haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.
Mart oyida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu idora kengashida nutq so‘zladi. Unga ko‘ra, yil boshidan beri Ukraina qurolli kuchlari 71 mingdan ortiq odam va 11 ming texnikani yo‘qotgan. Ukraina armiyasining yo‘qotishlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli uch baravar ko‘p, dedi Shoygu.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Chasov Yar Ukraina QK uchun strategik ahamiyatini yo‘qotmoqda — Pushilinning maslahatchisi